O‘zDJTU professor-o‘qituvchilari tomonidan “Chet tillari bo‘yicha o‘quv-metodik adabiyotlarga zamonaviy talablar” mavzusida seminar tashkil etildi
5-iyun kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti “Tillarni o‘qitish metodikasi va ta’lim texnologiyalari” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan Tashkent International University Biznes va innovatsion ta’lim fakultetida “Chet tillari bo‘yicha o‘quv-metodik adabiyotlarga zamonaviy talablar” mavzusida ilmiy-amaliy seminar o‘tkazildi.
Seminarda pedagogika fanlari doktori, professor Axmedova Laylo Tolibjonovna hamda katta o‘qituvchilar Tuxtaxujayeva Madina Ulug‘bek qizi va Mirzoidova Nigora Avaz qizi ishtirok etib, o‘quv-metodik adabiyotlarning mazmuni, tuzilishi, ularni yaratish tamoyillari hamda xorijiy tillar bo‘yicha o‘quv-metodik manbalarni tanlash mezonlari yuzasidan ma’ruza qildilar.
Tadbir doirasida mualliflar tomonidan yaratilgan “Teaching Languages Methodology and Educational Technologies” darsligining taqdimoti ham bo‘lib o‘tdi. Taqdimot davomida darslikning mazmuni, metodik yondashuvlari va amaliy ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berildi.
Shuningdek, Tashkent International Universityning “Xorijiy tillar” kafedrasi professor-o‘qituvchilari Sapaeva Soxiba Otaxonovna, Boymirzaeva Mohira Shavkatjonovna va Sharipova Maxmuda Zoitovna hamda O‘zDJTUning “Tillarni o‘qitish metodikasi va ta’lim texnologiyalari” kafedrasi vakillari ishtirokida talabalar uchun binar dars tashkil etildi.
Mashg‘ulot davomida talabalar:
xorijiy tillarni o‘qitish metodikasining zamonaviy tendensiyalari;
ijtimoiy-gumanitar fanlarning dolzarb masalalari;
innovatsion pedagogik texnologiyalar va zamonaviy ta’lim yondashuvlari bo‘yicha foydali bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.
2026-06-08 11-46