O‘zDJTU talabalari Qonunchilik palatasi faoliyati bilan tanishdi.

 

 

2025-yil 25-aprel kuni Xalqaro jurnalistika fakulteti Siyosatshunoslik yo‘nalishi 1- va 3-bosqich talabalari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga borishdi.

 

 

Siyosiy fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi F. Davronova va o‘qituvchi Sh. Jo‘rayeva tashabbusi bilan tashkil etilgan ushbu ekskursiya davomida talabalar qonun ijodkorligi jarayoni, Qonunchilik palatasi muzeyi, katta majlislar zali hamda umumiy fondi 50 mingdan ortiq adabiyotlarni o‘z ichiga olgan kutubxona faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

 

Tashrifdan asosiy maqsad — talaba yoshlarning mamlakatimizda Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida olib borilayotgan ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy islohotlarning huquqiy asoslarini yaratishda parlamentning o‘rni va roli haqidagi bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlashdan iborat.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube