Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2025–2026-yillarda sayyohlar oqimini keskin ko‘paytirish va turistik xizmatlar ko‘lamini jadal kengaytirish orqali turizmning iqtisodiyotdagi oʻrni va ahamiyatini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2025-yil 15-maydagi PF–87-son Farmoniga muvofiq, 2025-yil iyun oyidan boshlab “Oʻzbekiston boʻylab sayohat qil!” ichki turizmni rivojlantirish dasturini amalga oshirish uchun har oyning ikkinchi haftasining shanba va yakshanba kunlari “Oila va jamoa bilan sayohatga chiqish kuni” etib belgilangan.
Mazkur dastur doirasida OʻzDJTU xodimlari ham yurtimizdagi goʻzal manzilgohlarga tashriflar uyishtirmoqda.

Xususan, Ingliz tili birinchi fakulteti tyutorlari tomonidan “Xumsonbuloq” dam olish sihatgohiga sayohat tashkil etildi. 

 

 

Dastur davomida OʻzDJTU xodimlari goʻzal tabiatning totli havosidan nafas olib, sokinlik va orom bag‘rida ruhiy va jismoniy tetiklashdi. Hamkasblar davrasidagi samimiy suhbatlar, quvnoq kulgu va mushohadalar esa ularni yanada birlashtirdi. 

Qolaversa, tyutorlar kundalik ishlardan chalg‘ib, o‘z farzandlari bilan birgalikda zavqli hordiq chiqarishdi. Sayohat xotirjamlik va ilhom baxsh etuvchi unutilmas lahzalarga boy oʻtdi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube