O‘zDJTUda Koreya tashkilotlari bilan hamkorlik doirasida uchrashuv o‘tkazildi

O‘zDJTUda Koreya tashkilotlari bilan hamkorlik doirasida uchrashuv o‘tkazildi

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Sharq filologiyasi fakulteti dekani D. Djurayev, Koreys filologiyasi kafedrasi mudiri M. Absalomov, IIR TECH Inc. rahbari Kwak Yong Jin hamda KIDC rahbari Kim Bok Hee ishtirokida Koreya Madaniyati va Ta’lim markazida uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda Koreys filologiyasi kafedrasi va KOKOA platformasi hamkorligida ishlab chiqilayotgan sun’iy intellekt texnologiyalariga asoslangan zamonaviy koreys tili darsligining ishlab chiqish jarayoni muhokama qilindi. Loyiha mazmuni, ta’limiy imkoniyatlari va undan samarali foydalanish masalalari yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi.

Shuningdek, Koreys filologiyasi talabalari uchun tashkil etilayotgan MOCK TOPIK sinov testlarini o‘tkazish, ularning mazmuni hamda natijalari asosida talabalarning koreys tilini o‘zlashtirish darajasini aniqlash va ta’lim jarayonini takomillashtirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuvning muhim amaliy natijalaridan biri sifatida IIR TECH Inc. rahbari Kwak Yong Jin tomonidan Sharq filologiyasi fakulteti dekani D. Djurayevga Koreys filologiyasi talabalari uchun KOKOA TOPIK — sun’iy intellekt texnologiyalariga asoslangan TOPIK imtihoniga tayyorgarlik platformasidan 100 kun davomida bepul foydalanish imkonini beruvchi 2 000 ta vaucher topshirildi.

Mazkur tashabbus Koreys filologiyasi talabalarining koreys tilini o‘rganish, TOPIK imtihoniga samarali tayyorgarlik ko‘rish hamda zamonaviy raqamli va sun’iy intellekt texnologiyalaridan ta’lim jarayonida foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

 

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube