O‘zDJTUda ko‘zi ojiz abituriyentlar uchun kirish imtihoni (suhbat) bo‘lib o‘tdi
2026-yil 4-avgust kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida 2026/2027-o‘quv yili qabul jarayoni doirasida ko‘zi ojiz abituriyentlar uchun kirish imtihoni (suhbat) tashkil etildi.
Imtihonni universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov ochib berdi. Rektor o‘z nutqida abituriyentlarni samimiy qutlab, ularga sinovlarni muvaffaqiyatli topshirish, o‘z bilim va salohiyatlarini to‘liq namoyon etish hamda kelgusidagi ta’lim yo‘lida ulkan zafarlar tiladi.
Shundan so‘ng abituriyentlar Filologiya va tillarni o‘qitish hamda Xorijiy til va adabiyoti ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha suhbat jarayonlarida ishtirok etdilar.
Imtihonlar amaldagi me’yoriy hujjatlar talablari asosida shaffoflik, xolislik va ochiqlik tamoyillariga rioya qilingan holda tashkil etildi.
2026-08-05 11-37