O‘zDJTUda Malayziyaning INTI xalqaro universiteti vakili bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

16-iyun kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Malayziyaning INTI xalqaro universiteti prorektori, Xalqaro aloqalar va hamkorlik markazi direktori janob Chu Vou Onn (Choo Wou Onn) bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

 

 

Mazkur tadbirda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori A. Nasirov, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor O. Yusupov, Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i X. Yuldashev, 2-chet tillar kafedrasi mudiri A. Yuldashev ishtirok etdi.

Uchrashuv chog‘ida tomonlar talaba va professor-o‘qituvchilar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, ilmiy tadqiqotlar sohasida hamkorlikni kuchaytirish, shu jumladan, qo‘shma ilmiy-amaliy konferensiyalar tashkil etish masalalarini muhokama qildilar.

 

 

Prorektor A. Nasirov INTI xalqaro universitetining grant dasturi doirasida O‘zDJTUning 28 nafar talabasi uchun ikki oylik o‘quv dasturini tashkil etishga ko‘rsatgan amaliy yordami uchun janob Cho Vou Onnga minnatdorlik bildirdi. Shuningdek, u yangi o‘quv yilida navbatdagi talabalar guruhini shakllantirish, ularning o‘qish va yashash sharoitlarini yanada yaxshilash yuzasidan o‘z takliflarini taqdim etdi.

O‘z navbatida, janob Cho INTI xalqaro universitetining ilmiy yo‘nalishlarda erishgan yutuqlari haqida ma’lumot berib, Scopus, Web of Science va boshqa xalqaro bazalarga kiritilgan ilmiy jurnallarda maqolalar chop etish tartiblari bilan o‘rtoqlashdi. U birgalikda anjumanlar tashkil etish bo‘yicha ham takliflar bildirdi.

Uchrashuv davomida hamkorlikning boshqa yo‘nalishlarini ham rivojlantirish bo‘yicha tomonlarning fikrlari tinglandi. Yakunda janob Cho universitet infratuzilmasi bilan yaqindan tanishtirildi.

 

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube