28-mart kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasida ishtirok etadigan xorijlik mehmonlarga hamrohlik qiladigan va tarjima ishlarida ko‘maklashadigan tarjimonlar uchun seminar boshlandi.
Tadbirni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov ochib berdi.
Seminar asosiy mavzulari:
Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasiga tayyorgarlik masalalari – Tadbirga tashrif buyuruvchi mehmonlarni kutib olish va kuzatish, tarjimonlarning ish tartibi.
-“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi asosida amalga oshirilgan islohotlar.
-“Ijtimoiy taraqqiyot va adolat uchun parlament harakati” – Aholini ijtimoiy himoya qilish va kambag‘allikni qisqartirish masalalari.
-Volontyorlar etikasi va muloqot madaniyati – Hamrohlik qiluvchi shaxslar va ko‘ngillilar uchun muloqot madaniyati va etikasi.
Seminarning maqsadi:
-Xorijlik mehmonlarga hamrohlik qiladigan tarjimonlarni tayyorlash.
-Parlamentlararo assambleya davomida samarali ishlashni ta’minlash.
-Tadbirga tayyorgarlik jarayonida muhim masalalarni tushuntirish.
Seminar davomida mavzular bo‘yicha ma’ruzalar va suhbatlar olib borildi. Tarjimonlarga nutq madaniyati, etikasi va volontyorlik madaniyati haqida ma’lumotlar taqdim etildi. Ishtirokchilar amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Seminar O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti faollar zalida bo‘lib o‘tib, unda O‘zbekiston milliy universiteti, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti va O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi volontyor tarjimonlari ishtirok etdi.
Seminarda Vazirlar Mahkamasi mas’ul xodimi, Markaziy shtab koordinatori Sh. Zokirov, Tashqi ishlar vazirligi mas’ul xodimi, Markaziy shtab a’zosi A. Abdug‘aniyev, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi professori, Y.f.d Sh. Asadov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruviakademiyasi kafedra mudiri M.Bekmuradov, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti professori A. Rasulovlar seminarda ma’ruzachi sifatida ishtirok etdi.
Ushbu mutaxassislar volontyor tarjimonlar uchun muhim ma’ruzalar o‘qib, amaliy tavsiyalar berdilar.
Ma’lumot uchun: Seminar 29-mart kuni ham davom etadi.