OʻzDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinovga 30 nafar koʻmakka muhtoj yoshlar biriktirilganidan xabaringiz bor. Ularning ehtiyoj va qiziqishidan kelib chiqib turli yordam va koʻmaklar ajratilmoqda.
Bugun ham universitet rektori poytaxtimizning Sergeli va Uchtepa tumanlarida istiqomat qilayotgan bir nechta “Qizil” toifadagi yoshlar bilan uchrashdi. Ularning xonadonida boʻlib, holidan xabar oldi.
Sergeli tumanining “Joʻnariq” mahallasidan biriktirilgan Sharipov Umidjon, Xodjoyev Murodjon, Umarov Javohir, Rasulova Nozima, Malikova Durdona, “Nayman” mahallasidan Rustamov Bekzod hamda “Nilufar” Muhiddin Jamalovlarning xonadonida boʻlgan OʻzDJTU rektori ularning har biriga zarur oziq-ovqat mahsulotlari va moddiy yordam puli berdi. Bundan ularning ota-onalari ham xursand boʻldi.