Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti rektoriga 30 nafar davlatning gʻamxoʻrligi va eʼtiborini kutayotgan hamda koʻmakka muhtoj “ogʻir” toifadagi yoshlar biriktirilgan.
Shu kunga qadar bu toifadagi yoshlarga universitet tomonidan moddiy va ularning ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda boshqa turdagi yordamlar ulashib kelinmoqda.
Shu munosabat bilan bugun O’zDJTU Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektori Valijon Sadiyev Sergeli tumanidagi “qizil” toifadagi yoshlar bilan uchrashdi.
2 nafar “ogʻir” toifadagi yoshlarning mahallasiga borildi. Ularni qanday muammolar qiynayotgani va qanday ehtiyoji borligi bilan qiziqdi. Yoshlarning ehtiyojidan kelib chiqib, 1 nafariga rassomchilik anjomlari va 1 nafariga sport anjomi — gantel topshirildi.