QOZOĞISTON OLIY TAʼLIM MUASSASALARI VAKILLARI BILAN UÇRAŞUV ÖTKAZILDI
2026-yil 26-oktabr kuni Özbekiston davlat jahon tillari universitetida Qozoğiston oliy taʼlim muassasalari vakillari bilan uçraşuv bölib ötdi.
Uçraşuvda Qozoq-nemis universiteti prezidenti doktor Şolrad Rommel, Qozoğiston Milliy ayollar pedagogika universiteti Boşqaruv raisi — rektori Beybitkul Karimova Sarsemaxanovna hamda Xalqaro hamkorlik departamenti xodimi Aydana Nurtaza iştirok etdi.

ÖzDJTU tomonidan universitet rektori I. Tuxtasinov, xalqaro hamkorlik masalalari böyiça prorektor A. Nasirov, Roman-german filologiyasi fakulteti dekani A. Xalillaev, Nemis filologiyasi kafedrasi mudiri I. Ziyadullaev va kafedra dotsenti, PhD G. Rahimova qatnaşdi.
Muloqot davomida talabalar uçun akademik mobillik va stajirovka dasturlarini yölga qöyiş, professor-öqituvçilar malakasini oşiriş, xalqaro munosabatlar va siyosatşunoslik yönalişlarida kadrlar tayyorlaş böyiça hamkorlikni rivojlantiriş masalalari muhokama qilindi.

Şuningdek, xalqaro anjumanlar va seminarlar taşkil etiş, professor-öqituvçilarning xorijiy stajirovkalarini yölga qöyiş, ularning xorijiy oliy taʼlim muassasalarida maʼruzalar öqiş imkoniyatlarini kengaytiriş, Markaziy Osiyoda nemis tilini ommalaştirişga qaratilgan qöşma tanlovlar, olimpiadalar hamda madaniy-maʼrifiy tadbirlarni ötkaziş istiqbollariga alohida eʼtibor qaratildi.
Uçraşuv yakunida tomonlar örtasida hamkorlikni mustahkamlaşga qaratilgan anglaşuv memorandumlari imzolandi. Mazkur kelişuvlar akademik almaşinuvni kengaytiriş, professor-öqituvçilar va talabalar uçun yangi imkoniyatlar yaratiş, taʼlim va ilmiy faoliyat sohalarida qöşma loyihalarni amalga oşirişga qaratilgan.