“Quvnoqlar va zukkolar” — “Rektor kubogi” bahorgi mavsumi boshlandi
2026-yil 30-aprel kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovining “Rektor kubogi” bahorgi mavsumi tantanali ravishda boshlandi.
Tadbirni universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov ochib berib, ushbu tanlov talabalar ijodkorligi, hozirjavobligi va jamoaviylik ruhini rivojlantirishga xizmat qilishini ta’kidladi.

Tanlovda quyidagi jamoalar ishtirok etdi:
– “Fenomen” (Ingliz tili 1-fakulteti)
– “Milliard” (Ingliz filologiyasi fakulteti)
– “Kosmonavtlar” (Sharq filologiyasi fakulteti)
– “Aligarx” (Xalqaro jurnalistika fakulteti)
– “TTQ” (Roman-german filologiyasi fakulteti)
– “Paradox” (Tarjimonlik fakulteti)
– “13 rayon” (Rus filologiyasi fakulteti)
– “Jo‘ralar” (Ingliz tili 2-fakulteti)
Jamoalar “Bugun kuldirgan — g‘olib” hamda “Yulduzli kokteyl: keling mehmon” shartlari asosida o‘zaro bellashib, sahnada qiziqarli va kulgili chiqishlar namoyish etdilar.
