RASMIY MUNOSABAT

O‘zDJTU va “CITY DORMITORIES” MCHJ bilan tuzilgan
1 mlrd 30 mln so‘mlik shartnoma nimani anglatadi?

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti “CITY DORMITORIES” MCHJ bilan 1 mlrd 30 mln so‘mlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma tuzilgani haqida xabarlar tarqaldi. Respublika oliy ta’lim muassasalarida talabalarni turar joy bilan qamrab olish darajasini oshirish, barcha qulayliklarga ega bo‘lgan zamonaviy talabalar turar joylarni qurish uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratish uchun 2021-yil 9-sentyabrda Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan 563-sonli qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida, 515 o‘rinli talabalar turar-joy majmuasi qurib foydalanishga topshirilgan. Hozirga kelib mazkur yotoqxonaga talabalar to‘liq joylashtirilgan. 
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti 2023 yil 18 sentyabr kuni talabalarga qo‘shimcha sharoitlar yaratish maqsadida “CITY DORMITORIES” MCHJ bilan ham 1 mlrd 30 mln so‘mlik shartnoma imzolandi. Unga ko‘ra “CITY DORMITORIES” MCHJ hisobiga O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti hisobidan 485 million so‘m miqdoridagi mablag‘ o‘tkazib berildi. O‘quv yili davomida yotoqxonaga joylashdan talabalardan yig‘iladigan mablag‘lar ham shu tashkilot hisobiga o‘tkazilishi belgilangan. Ma’lumot uchun: talabalar turar joyiga joylashtirilgan 515 nafar talabaning har biri bir oy davomida 200 ming so‘mlik mablag‘ to‘lovini amalga oshiradi. 10 oy davomida talabalardan yig‘iladigan mablag‘lar jami 1030 000 000 so‘mni tashkil etadi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube