Rektor kubogi – kuzgi mavsum g‘oliblari taqdirlandi

Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Zakovat intellektual o‘yinining Rektor kubogi kuzgi mavsumi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda universitet rektori Ilhomjon Tuxtasinov ishtirok etib, jamoalarning faol ishtiroki va intellektual salohiyatini alohida e’tirof etdi.

Mazkur mavsum yakunlariga ko‘ra, do‘stlik o‘yini shaklida tashkil etilgan final bosqichida turli fakultetlardan shakllangan jamoalar bellashgan o‘yinda quyidagi natijalar qayd etildi:

1-o‘rin — Ingliz filologiyasi fakulteti “Last Version” jamoasi
2-o‘rin — Xalqaro jurnalistika fakulteti “Boylarga mazza” jamoasi
3-o‘rin — Ingliz tili 1-fakulteti “Axror va uning jamoasi” jamoasi

Rektor Ilhomjon Tuxtasinov g‘oliblarni tabriklab, ularning intellektual faolligi, izlanuvchanligi va jamoaviy ruhini yuqori baholadi. Shuningdek, marosim davomida jamoalarga Rektor kubogi, mukofot pullari hamda sertifikatlar tantanali ravishda topshirildi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube