Rektor va rahbariyat vakillari TTJdagi sharoitlarni koʻzdan kechirdi
6-noyabr kuni OʻzDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov boshchiligidagi mas’ullar universitetning 3-sonli talabalar turar joyiga tashrif buyurdi.

Tashrif doirasida talabalar bilan ochiq suhbat tashkil etilib, ularni qiziqtirgan savollarga javob berildi. Shuningdek, TTJdagi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ham ko'zdan kechirildi.
Yakunda TTJ mas’ullariga talabalar uchun sharoitlarni yanada yaxshilash boʻyicha topshiriq va tavsiyalar berildi.
