Roman-german filologiyasi fakultetida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazildi
7-yanvar kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Roman-german filologiyasi fakultetida universitetning ma’naviy-ma’rifiy ishlar rejasi asosida muhim tadbir tashkil etildi.

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Oliy Majlisga va O’zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasining mazmun-mohiyati hamda “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyati mavzularida seminar tashkil etildi.
Tadbirda Korrupsiyaga qarshi kurash kompleks-nazorat tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i B. Hoshimov , Ijtimoiy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi Z. Gadoyevalar o`z ma`ruzalari bilan ishtirok etdilar.

Mazkur seminarda fakultet xodimlari hamda professor-o‘qituvchilar ishtirok etib, Murojaatnomada aks etgan iqtisodiy o‘sish, ijtimoiy barqarorlik, ta’lim, innovatsiya, raqamlashtirish, ekologik muvozanat va inson kapitalini rivojlantirish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.