Shayxontohur tumani 41-umumta’lim maktabida ingliz tili to‘garagining navbatdagi mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi
Mashg‘ulot O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili ikkinchi fakulteti, Ingliz tili amaliy fanlar №2 kafedrasi o‘qituvchisi Sardora Raxmonova rahbarligida tashkil etildi. Darsni 1-bosqich 2524-guruh talabalari Xurmatoy Tojiboyeva va Raxmonqulova Aziza olib bordi.

Mazkur mashg‘ulot “How’s the weather?” mavzusiga bag‘ishlandi. Dars jarayonida o‘quvchilarga mavzuga oid yangi lug‘at birliklari o‘rgatildi, “warm up” mashg‘ulotlari orqali ularning mavzuga bo‘lgan qiziqishi oshirildi. Shuningdek, o‘quvchilar “Future Simple” zamoni bilan tanishtirildi.
Mashg‘ulot davomida interaktiv metodlardan samarali foydalanilib, o‘quvchilar ishtirokida turli qiziqarli o‘yinlar tashkil etildi. Mavzu yuzasidan o‘quvchilarga mustahkamlovchi topshiriq va vazifalar berildi.
Ushbu mashg‘ulot o‘quvchilarning ingliz tiliga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga hamda ularning amaliy bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qildi.
