Shuningdek, Kengash davomida ilmiy unvonni qo‘lga kiritgan professor-o‘qituvchilar ham tantanali ravishda e’tirof etildi.
Jumladan, Ingliz tili 3-fakulteti “Ingliz tilini o‘qitish metodikasi” kafedrasi mudiri Madina Habibullayevna Daliyeva, Rus filologiyasi fakulteti “Rus tili va uni o‘qitish metodikasi” kafedrasi professori v.b. Faxriddin Isroilovich Abduraxmonov hamda Ingliz tili 2-fakulteti “Ingliz tili nazariy aspektlari №2” kafedrasi professori v.b. Albina Mingaliyevna Bazarbayeva professor ilmiy unvonini beruvchi diplomni olganliklari munosabati bilan tabriklandi.
Shuningdek, Xalqaro jurnalistika fakulteti “Axborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar” kafedrasi mudiri Saida Sultanovna Yuldashbekova, Sharq filologiyasi fakulteti “Zamonaviy axborot texnologiyalari va sun’iy intellekt” kafedrasi dotsenti v.b. Abdulaziz Mashrabovich Axmedov, Ingliz tili 2-fakulteti “Jismoniy madaniyat va sport” kafedrasi dotsenti v.b. Bahrom Sangirovich Mavlyanov hamda Tarjimonlik fakulteti “Ingliz tili tarjima nazariyasi” kafedrasi dotsenti v.b. Gulnoza Toshmurod qizi Amonova dotsent ilmiy unvonini beruvchi diplomni olganliklari bilan samimiy tabriklandi.
Tadbir yakunida ilm-fan rivojiga munosib hissa qo‘shayotgan professor-o‘qituvchilarga kelgusidagi ilmiy-pedagogik faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilandi.
2026-07-01 11-54