“Sog‘lom oila” doirasida Ot polosi federatsiyasiga tashrif tashkil etildi

“Sog‘lom oila” doirasida Ot polosi federatsiyasiga tashrif tashkil etildi

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti hamda O‘zbekiston Ot polosi federatsiyasi o‘rtasida imzolangan hamkorlik memorandumi ijrosini ta’minlash, shuningdek, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish maqsadida joriy yilning 30-iyul kuni “Yoshlar kuni” munosabati bilan navbatdagi amaliy tadbir tashkil etildi.

Mazkur tashabbus doirasida O‘zDJTU Ingliz tili 2-fakulteti Ijtimoiy-psixologik muhit bilan ishlash bo‘limi mutaxassisi O. Artikova hamda Jismoniy madaniyat va sport kafedrasi mudiri E. Ochilov tashabbusi bilan universitet vakillarining O‘zbekiston Ot polosi federatsiyasiga tashrifi uyushtirildi.

Tashrif davomida federatsiya mutasaddilari bilan uchrashuv o‘tkazilib, memorandumda belgilangan vazifalar, ot polosi sport turini rivojlantirish, yoshlarni sportga keng jalb etish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, ishtirokchilarga ot polosi sportining o‘ziga xos jihatlari, mashg‘ulotlarni tashkil etish tartibi, sport infratuzilmasi va mazkur yo‘nalishda yaratilgan sharoitlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Uchrashuv samimiy va konstruktiv ruhda o‘tib, kelgusida qo‘shma sport-musobaqalari, seminar-treninglar hamda yoshlar ishtirokidagi loyihalarni amalga oshirish yuzasidan takliflar muhokama qilindi.

Ma’lumot uchun: 2026-yil 30-iyul kuni O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi, O‘zbekiston Ot polosi federatsiyasi hamda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti o‘rtasida uch tomonlama hamkorlik memorandumi imzolangan. Memorandum sport, xususan ot polosi sportini rivojlantirish, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, sport musobaqalari, seminar-treninglar va qo‘shma loyihalarni amalga oshirishni nazarda tutadi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube