Talabalarning yashash sharoitlari o‘rganildi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 19-martdagi 01/16-718-sonli xatiga asosan O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida bir qator amaliy ishlar yo‘lga qo‘yildi.
Xususan, 2025-yil 11-aprel kuni universitet rahbariyati tomonidan Toshkent shahri Chilonzor tumanida joylashgan ijara xonadonlarida yashayotgan talabalar holidan xabar olindi.
Ijara xonadonlarida yashovchi talabalar bilan uchrashib, ularning yashash sharoitlari, ehtiyojlari va muammolari bilan yaqindan tanishdi.
Ochiq muloqot davomida rektor talabalarning fikr va takliflarini tingladi. Universitet rahbariyatining tashabbusi bilan ijara xonadonlarida yashovchi talabalar uchun qo‘shimcha shart-sharoitlarni yaxshilash yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Talabalar xolidan xabar olish grafigi tuzilgan bo‘lib doimiy ravishda ijaradagi talabalar bilan ochiq muloqotlar o‘tkazib kelinmoqda.