Toshkentdagi Fransuz alyansi vakillari O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetiga tashrif buyurdi

25-mart kuni Toshkentdagi Fransuz alyansi direktori Dilshod Axmedov, madaniyat sohasidagi loyihalar uchun mas’ul Eleonor Ventura va administrativ masalalar bo‘yicha maslahatchi Jan-Klod Byujong O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetiga tashrif buyurdi. 

 

 

Muloqot chog‘ida tomonlar o‘zaro manfaatli aloqalarni rivojlantirish, mamlakatimizda fransuz tilini o‘qitishni takomillashtirish kabi masalalarni muhokama qildilar.   

 

 

D. Axmedov O‘zDJTU talabalari bilan saralash imtihonlari o‘tkazilib, 1 nafar talaba 2025-yil yozda 1 oy muddatga Fransiyada til malakasini oshirish uchun grant yutib olganligini aytib o‘tdi. Shu bilan birga, Frankofonia tashkiloti va Nitsa shahridagi Fransuz alyansi tashkiloti tomonidan fransuz tili o‘qituvchilari uchun maxsus malaka oshirish kurslari tashkil etilishi haqida ma’lumot berdi.

Uchrashuv so‘nggida tomonlar hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumni imzoladilar.

 

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube