Westminster xalqaro universitetida AELLCA loyihasi doirasida 2 kunlik seminar-trening bo‘lib o‘tmoqda

Universitetda “AELLCA: Effective Strategies for Promoting Inclusion” mavzusi doirasida 2 kunlik seminar-trening tashkil etildi. Mazkur tadbir inklyuziv ta’limni rivojlantirish, teng imkoniyatlarni ta’minlash hamda zamonaviy pedagogik yondashuvlarni ta’lim jarayoniga samarali joriy etishga qaratilgan.

Seminar-treningda respublikaning turli hududlaridan tashrif buyurgan oliy ta’lim muassasalari vakillari, professor-o‘qituvchilar va soha mutaxassislari ishtirok etmoqda. Mashg‘ulotlar hamkor universitetlardan kelgan tajribali trenerlar tomonidan olib borilib, ishtirokchilarga inklyuziv muhitni shakllantirish, talabalarning individual ehtiyojlarini aniqlash va ularga mos ta’lim strategiyalarini qo‘llash bo‘yicha nazariy hamda amaliy bilimlar berilmoqda.

 

 

Trening jarayonida interaktiv muhokamalar, guruh ishlari hamda real misollar asosida tajriba almashish yo‘lga qo‘yilgan. Ushbu seminar AELLCA loyihasi doirasida oliy ta’limda inklyuziya madaniyatini mustahkamlash va sifatli ta’limni ta’minlashga xizmat qilmoqda.
Ta’kidlash joizki, seminar-trening Toshkent shahridagi Westminster universiteti, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti hamda Angliyaning Lancaster universiteti hamkorligi doirasida amalga oshirilmoqda.

 

 

Tadbirda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili ikkinchi fakulteti dekani Bazarov Zokir Mehrikulovich ishtirok etib, inklyuziv ta’limning bugungi kundagi ahamiyati va istiqbollari haqida nutq so‘zladi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube