29-noyabr kuni Fransiyaning Shimoliy Sorbonna Universiteti va O‘zDJTU o‘rtasida tuzilgan hamkorlik shartnomasiga binoan Sorbonna Universiteti doktoranti Catherine Ayme O‘zDJTUga tashrif buyurdi.
Tashrif Xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektor A.Nosirov va Fransuz tili nazariy fanlar kafedrasi mudiri G.Raximovalar bilan uchrashuv bilan boshlanib, Shimoliy Sorbonna Universiteti va O‘zDJTU o‘rtasida Erasmus+ dasturi bo‘yicha o‘qituvchi, doktorant va talabalar almashinuvi loyihasini yakuniga yetkazish, Sorbonna universitetidan malakali professor-o‘qituvchilarning O‘zDJTUga kelib dars va master-klasslar o‘tishi, ushbu universitet talabalarini ham O‘zDJTUga kelib bir semestr davomida tahsil olishlarini tashkil etish imkoniyatlari haqida har ikki tomon muzokaralar olib borishdi hamda har ikki tomonning rahbariyati va mas’ullari tomonidan ma’qullangach yo‘l xaritasini ishlab chiqishga kelishildi.
Shundan so‘ng Catherine Ayme Fransuz tili nazariy fanlar kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda 3-bosqich talabalari bilan uchrashuv o‘tkazdi.