O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida rektor Ilxomjon Tuxtasinov, Qozog‘istonning akademik Kuvvatbekov nomidagi Xalqlar do‘stligi universiteti rektori prof. Rabiga Kuvvatbekova, Xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektori Guljamol Maxmudova va Raqamlashtirish bo‘yicha prorektori Maksat Esenovlarni qabul qildi.

Tadbir doirasida tomonlar ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirish, xususan almashinuv dasturlarini amalga oshirish, ilmiy tadqiqotlar va xalqaro loyihalarni amalga oshirish kabi yo‘nalishlarda hamkorlik qilish masalalarini muhokama qildilar.

 

 

Rektor Ilxomjon Tuxtasinov quyidagi takliflarni bildirdi:
• Xalqaro akkreditatsiyadan o‘tgan pedagogik kadrlarni qayta tayyorlash va malaka oshirish tarmoq markazida Qozog‘iston OTMlari chet tillari o‘qituvchilari uchun maxsus kurslar tashkil etish;
• Ilmiy izlanuvchilar dissertatsiyalariga qo‘shma rahbarlikni amalga oshirish va himoyalarni tashkil etish;
• O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti ilmiy jurnallarida maqolalar chop etish;
• Birgalikda ilmiy-amaliy anjumanlar o‘tkazish.

 

 

Prof. Rabiga Kuvvatbekova universitetimiz tomonidan amalga oshirilayotgan samarali faoliyat va qo‘yilgan strategik maqsadlarni yuqori baholadi hamda hamkorlikka tayyor ekanligini ma‘lum qildi.

Uchrashuv so‘ngida tomonlar hamkorlik to‘g‘risidagi shartnomalarni imzoladilar va istiqboldagi rejalarni o‘z ichiga olgan Yo‘l xaritasini ishlab chiqish borasida kelishib oldilar.

 

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube