Yaponiya an'analariga ko‘ra, imperator Naruhito tug‘ilgan kuni – "Tug‘ilgan kun" (Tanjōbi) – davlat bayrami hisoblanib Yaponiya va boshqa joylarda har yili nishonlanadi.
Shu munosabat bilan 21-fevral kuni Yaponiyaning O'zbekistondagi elchixonasi tomonidan Hyatt Regency mehmonxonasida shunday tadbir tashkil etildi.
Tadbirga O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori, professor Ilxomjon Tuxtasinov, Sharq filologiyasi fakulteti dekani Dilshod Djurayev va Yapon filologiyasi kafedrasi professor-o'qituvchilari taklif etildi.
Tadbir davomida Yaponiya va O'zbekiston o'rtasidagi madaniy aloqalar mustahkamlanib, ikki mamlakat o'rtasidagi do'stlik rishtalari yana bir karra yodga olindi. Ishtirokchilar Yaponiya madaniyati, an'analari va urf-odatlari haqida qiziqarli ma'lumotlarga ega bo'ldilar.