Reja-moliya bo‘limi boshlig‘ining lavozim malaka tavsiflari
Lavozim vazifalari:
• O‘z mehnat vazifalarini halol, vijdonan bajarish, mehnat va ijro intizomiga rioya qilish,
• budjet mablag‘lari, budjetdan tashqari to‘lov-kontrakt mablag‘lari, budjetdan tashqari rivojlantirish mablag‘lari bo‘yicha yil boshida daromadlar va xarajatlar smetasini tuzish hamda universitet rektoriga tasdiqlatish va vazirlikka taqdim etish,
• universitet rektori tomonidan tasdiqlangan yuqoridagi mablag‘lar bo‘yicha universitet shtatlar jadvalini Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga taqdim etish,
• smeta va shtatlar jadvaliga asosan xarajatlar tarkibini o‘rganib borish va smetada ko‘rsatilgan raqamlar bilan haqiqatdagi raqamlarning mos kelishini doimiy nazoratda olib borish,
• oylik ish haqlarini oshirish to‘g‘risida vazirlik va universitet tomonidan buyruq bo‘lganda har bir xodim mehnatga haq to‘lash yagona tarif setkasiga asosan hisoblash
• shahar statistika bo‘limiga xodimlar to‘g‘risidagi oylik, kvartallik, yarim yillik va yillik hisobotlarni har oyning 7-sanasigacha topshirilishini nazorat qilish,
• Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligigadan kelgan, bo‘limga taalluqli bo‘lgan buyruqlar ijrosini rektorning topshirig‘iga asosan amalga oshirish,
• bo‘lim vazifasiga kiruvchi topshiriqlarini o‘z vaqtida amalga oshirish,
• barcha bo‘limlar va bo‘lim xodimlarining oylik maoshlarini hisoblashda asos bo‘lib xizmat qiluvchi tabellarini shtat jadvali va buyruqlarga asosan tekshirish,
• budjet mablag‘lari, budjetdan tashqari to‘lov-kontrakt mablag‘lari, budjetdan tashqari rivojlantirish mablag‘lari bo‘yicha shtat jadvalini tuzish,
Bilishi lozim:
• bo‘lim faoliyatiga tegishli me’yoriy-huquqiy hujjatlarni, qonunlar, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Vazirlikning Hay’at qarorlari, buyruqlari, universitet rektori buyruqlarining mohiyatini. Malaka talablari: Oliy ta’lim muassasalarida boshqaruv lavozimida zarur bo‘lgan kasbiy va tashkilotchilik qobiliyatlariga, ta’lim sohasida rahbarlik ish tajribasi va stajiga, faoliyat turi va vakolatlari doirasida tegishli bilim va ko‘nikmalarga, namunaviy shaxsiy fazilatlarga - intellekt, madaniyat, yetakchilik, ijodiy qobiliyat, xushmuomalalik, tashkilotchilik, tashabbuskorlik va tadbirkorlik qobiliyatlariga ega bo‘lish, mas’uliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qat’iy harakat qilish, muassasa strategik maqsadlariga erishishni ta’minlash xususiyatlariga ega bo‘lishi,
• oliy ma’lumotga ega bo‘lishi, bo‘lim yo‘nalishi bo‘yicha kamida 3 yillik samarali ish stajiga ega bo‘lishi zarur.
Iqtisodchi (toifasiz, 1-toifa, 2-toifa)ning lavozim malaka tavsiflari
Lavozim vazifalari:
• universitetning barcha moliyaviy smetalarini tayyorlash uchun kerakli ma’lumotlarni to‘plash va tahlil qilish,
• Daromadlar va xarajatlar smetasidagi moddalar bo‘yicha tahlil etish,
• smetada ko‘rsatilgan mablag‘lardan o‘z maqsadlari yo‘lida to‘g‘ri foydalanishni, o‘rinsiz yoki ortiqcha xarajatga yo‘l qo‘ymaslikni nazoratga olish.
Bilishi lozim: o‘z faoliyatiga taalluqli nizom, yo‘riqnoma va me’yoriy hujjatlarni, universitetsi ichki tartib-qoidalarini,
Malaka talablari: namunaviy shaxsiy fazilatlarga - intellekt, madaniyat, ijodiy qobiliyat, xushmuomalalik va tashabbuskorlik qobiliyatlariga ega bo‘lish, mas’uliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qat’iy harakat qilish, muassasa strategik maqsadlariga erishishni ta’minlash xususiyatlariga ega bo‘lishi, o‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lishi, o‘z sohasiga tegishli masalalar bo‘yicha axborot va ma’lumotlardan xabardor bo‘lishi zarur.
Bog‘lanish
Ishonchli tel: +998 77: 153-70-70