Reja-moliya bo'limi
Bo'lim vazifalari:
• budjet mablag‘lari, budjetdan tashqari to‘lov-kontrakt mablag‘lari, budjetdan tashqari rivojlantirish mablag‘lari bo‘yicha yil boshida daromadlar va xarajatlar smetasini tuzish hamda universitet rektoriga tasdiqlatish va vazirlikka taqdim etish;
• universitet rektori tomonidan tasdiqlangan yuqoridagi mablag‘lar bo‘yicha universitet shtatlar jadvalini Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga taqdim etish;
• smeta va shtatlar jadvaliga asosan xarajatlar tarkibini o‘rganib borish va smetada ko‘rsatilgan raqamlar bilan haqiqatdagi raqamlarning mos kelishini doimiy nazoratda olib borish;
• oylik ish haqlarini oshirish to‘g‘risida vazirlik va universitet tomonidan buyruq bo‘lganda har bir xodim mehnatga haq to‘lash yagona tarif setkasiga asosan hisoblash;
• shahar statistika bo‘limiga xodimlar to‘g‘risidagi oylik, kvartallik, yarim yillik va yillik hisobotlarni har oyning 7-sanasigacha topshirilishini nazorat qilish;
• Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligigadan kelgan, bo‘limga taalluqli bo‘lgan buyruqlar ijrosini rektorning topshirig‘iga asosan amalga oshirish;
• bo‘lim vazifasiga kiruvchi topshiriqlarini o‘z vaqtida amalga oshirish;
• barcha bo‘limlar va bo‘lim xodimlarining oylik maoshlarini hisoblashda asos bo‘lib xizmat qiluvchi tabellarini shtat jadvali va buyruqlarga asosan tekshirish;
• budjet mablag‘lari, budjetdan tashqari to‘lov-kontrakt mablag‘lari, budjetdan tashqari rivojlantirish mablag‘lari bo‘yicha shtat jadvalini tuzish.