Mehribonlik uyida chet tillari to‘garaklari tashkil etildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan vazifalar ijrosini ta`minlash bo‘yicha O‘zbekiston davlat jahon tillari bir qator ishlarni amalga oshirmoqda. Jumladan, kuni kecha 22-sonli Mehribonlik uyida chet tillari (ingliz, koreys, nemis, fransuz, arab, ispan, xitoy, yapon) to‘garaklari tashkil etildi. To‘garaklar professor-o`qituvchilari ishtirokida universitet rektori Ulug’bek Azizov tomonidan ochib berildi. Tarbiyalanuvchilar qiziqishlariga qarab guruhlarga ajratib olindi va tanishuv darslari boshlab yuborildi.