Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti rektoriga 30 nafar davlatning gʻamxoʻrligi va eʼtiborini kutayotgan hamda koʻmakka muhtoj “ogʻir” toifadagi yoshlar biriktirilgan.
10 noyabr kuni universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov oʻziga biriktirilgan ikki nafar “Qizil” toifadagi yosh bilan uchrashdi.
Sergeli tumani, Xonobod mahallasida istiqomat qiladigan Umida Gʻulomova va Sergeli tumani Ziynat mahallasida istiqomat qiladigan Xasanboyeva Sarvinoz imkoniyati cheklangani bois “Qizil” toifaga olingan.
Ularning har ikkisi universitetda tahsil oladi. Universitet rahbari bilan boʻlgan uchrashuvda Umida Gʻulomova darslarni oʻzlashtirish uchun koʻmak soʻradi. Umidaga darslarni oʻzlashtirishi uchun bepul qoʻshimcha dars beriladigan boʻldi.
Xasanboyeva Sarvinozga ham barcha darslari oʻzlashtirishida yengilliklar beriladigan boʻldi.