Abduganiyeva Djamilya Rustamovna Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi direktori etib tayinlandi.
Shu munosabat bilan 30-avgust kuni OʻzDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov markazning yangi rahbarini universitet vakillari bilan tanishtirdi.
Rektor Djamilya Abduganiyevani yangi lavozim bilan tabrikladi, oʻz vazifasi davomida halol va mashaqqatli mehnati bilan yuqori muvaffaqiyatlarga erishishini tiladi hamda xodimga faoliyati davomida kerak boʻladigan qator maslahatlar berdi.
Shuningdek, ishni yoʻlga qoʻyishda universitet tomonidan har qanday yordam taqdim etilishi va barcha zaruratlar qoplanishini ta’kidladi.