9-avgust kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi
ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.Fil.27.01 raqamli Ilmiy kengash asosida Bir martalik Ilmiy kengashning 13-son majlisi bo’lib o’tdi.

Unda OʻzDJTU rektori Ilxomjon Madaminovich, OʻzDJTU Ilmiy ishlar va  Xalqaro hamkorlik masalalari boʻyicha prorektor A.Nosirov va oliygohning boshqa masʼullari ishtirok etdi.

Dastur davomida Moydinova Elmira Kamariddinovnaning 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (xorijiy tillarni o‘qitish metodikasi) ixtisosligi bo‘yicha “Maktabgacha ta’limda bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyasini veb-resurslar asosida shakllantirish” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi himoyasi boʻlib oʻtdi.

Muhokama jarayonida tadqiqotchi oʻz mavzusi doirasida bajarilgan tadqiqotlar natijasi, uning yangiligi borasida soʻz yuritib, Moydinova Elmira ilmiy kengash aʼzolarini qiziqtirgan savollarga asosli javob berdi.

2024-08-13 01-55

Наши партнеры
Карта сайта