10-avgust kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.Fil.27.01 raqamli Ilmiy kengash 16-son majlisi bo‘lib o‘tdi.

Dasturda Egamnazarova Zulxumor Qodirovnaning 10.00.04 – Yevropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti ixtisosligi bo‘yicha “XIX asr ikkinchi yarmi rus satirik nasri janrlarining o‘ziga xosligi” mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi himoyasi bo‘lib o‘tdi.

Ilmiy kengash ZOOM onlayn dasturi orqali ham boʻlib oʻtdi. Unda OʻzDJTU rektori Ilxomjon Madaminovich va boshqa masʼullar ishtirok etdi.

Muhokama jarayonida tadqiqotchi o‘z mavzusi doirasida bajarilgan tadqiqotlar natijasi, uning yangiligi borasida so‘z yuritib, savollarga asosli javob berdi.

2024-08-13 02-15

Наши партнеры
Карта сайта