14-avgust kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi PhD.03/07.06.2024.Ped.27.02-raqamli Ilmiy kengashning navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.
Offline va ZOOM onlayn platforma orqali bo‘lib o‘tgan yig‘ilishdan Abdurasulova Nilufar Abdusalimovnaning 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili) ixtisosligi bo‘yicha “Umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilarida chet tili orqali og‘zaki muloqotda diskursiv kompetentsiyani shakllantirish” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyaning himoyasi o‘rin oldi.
Ilmiy kengashda O’zDJTU rektori Ilxomjon Madaminovich, Xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha prorektor A.Nosirov va oliygohning boshqa mas’ullari ishtirok etdi.
Muhokama jarayonida tadqiqotchi o‘z mavzusi doirasida bajarilgan tadqiqotlar natijasi, uning yangiligi borasida so‘z yuritib, savollarga asosli javob berdi.