14-avgust O‘zbеkiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi PhD.03/07.06.2024.Ped.27.02-raqamli Ilmiy kengash majlisining yana bir soni bo‘lib o‘tdi.

Ilmiy kengashda Rashid Bekimbetovich Matenovning 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (rus tili) ixtisosligi bo‘yicha «Nofilologik oliy o‘quv yurtlari talabalarining nutqida rus tili sintaktik variant birliklarini qo‘llay bilish ko‘nikmasini shakllantirish» mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyaning himoyasi bo‘lib o‘tdi.

Rashid Matenovning Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasida O‘zDJTU rektori Ilxomjon Madaminovich, Xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha prorektor A.Nosirov va oliygohning boshqa mas’ullari ishtirok etdi.

Ilmiy kengash majlisi odatga ko‘ra, Offline va ZOOM onlayn platformasi orqali bo‘lib o‘tdi. Muhokama jarayonida tadqiqotchi o‘z mavzusi doirasida bajarilgan tadqiqotlar natijasi, uning yangiligi borasida so‘z yuritib, savollarga asosli javob berdi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube