21-avgust kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi
ilmiy darajalar beruvchi
DSc.03/30.12.2019.Fil.27.01 raqamli Ilmiy kengashning 18-son majlisi oʻtkazildi.

Mazkur ilmiy majlisda O'zDJTU rektori Ilxomjon Madaminovich, oliygoh rahbariyati vakillari, rasmiy opponentlar va boshqa mas’ullar ishtirok etdi.

Ilmish kengash davomida Narbayeva Gulnoza Xusanovnaning 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha tayyorlangan «Роль концептуальных метафор во фразеологической картине мира (на материале испанского и русского языков)» mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi himoyasi boʻlib oʻtdi.

Muhokama jarayonida tadqiqotchi o‘z mavzusi doirasida bajarilgan tadqiqotlar natijasi, uning yangiligi borasida so‘z yuritib, savollarga asosli javob berdi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube