27-avgust O‘zDJTUda navbatdagi dissertatsiya ishlari ilmiy seminar muhokamasining navbatdagi soni bo‘lib o‘tdi.
Unda Alimardonova Malika Botir qizining 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili) ixtisosligi bo‘yicha “Bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining yozuv malakalarini takomillashtirishda baholash xususiyatlari” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiyasining ilmiy seminar muhokamasi bo‘lib o‘tdi.
Ilmiy seminar muhokamasi onlayn va oflayn tarzida bo‘lib o‘tdi va mas’ul xodimlar, ilmiy rahbar va taqrizchilar ishtirok etdi.
Tadqiqotchi o‘z mavzusi doirasida bajarilgan tadqiqotlar natijasi, uning yangiligi borasida so‘z yuritib, ilmiy seminar a’zolarini qiziqtirgan savollarga asosli javob berdi.