5-iyul kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Xalqaro jurnalistika fakulteti yillik hisobot topshirdi.
Yig‘ilishda OʻzDJTU rektori Ilxomjon Madaminovich, oliygoh prorektorlari, bo‘lim boshliqlari, Xalqaro jurnalistika fakulteti dekani, dekan muovinlari, kafedra mudirlari va boshqa mas’ullar ishtirok etdi.
Dastur davomida Xalqaro jurnalistika fakulteti dekani tomonidan fakultet talabalari kontingenti, kafedra yuklamalari, oʻquv-uslubiy ishlar, til bilish sertifikatlari, Yada va BMI himoyasi, qayta oʻqishni tashkil etish, akademik mobillik kabi 2023-2024 oʻquv yilida qilingan oʻquv va oʻquv uslubiy ishlar hisoboti topshirildi.
Rektor Ilxomjon Madaminovich bajarilgan ishlar va fakultet faoliyati haqida oʻz fikrlarini bildirib, 2024-2025 oʻquv yilida e’tibor qaratilishi zarur boʻlgan jihatlar boʻyicha oʻz tavsiyalarini berdi.
Shuningdek, yangi oʻquv yilida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar haqida ham ma’lumot taqdim etildi.