Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-son qarori bilan bilan Oliy taʼlim muassasalariga koʻzi ojiz abituriyentlarni oʻqishga qabul qilish tartibi tasdiqlangan.
Yuqoridagi qaror asosida Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida 2024-2025 oʻquv yili uchun koʻzi ojiz abituriyentlardan kirish imtihonlari joriy yilning 5-avgust kuni boʻlib oʻtdi.
Imtihon yuqori saviyada tashkil etildi. Joriy oʻquv yili uchun jami 6 nafar abituriyent roʻyxatdan oʻtgan.
 
									 
  
													 
													 
													 
													 
													 
													 
													 
													 
													 
													 
         
		 
		 
		 
		 
		