Maftuna Farmonkulova Erasmus+ KA171 dasturi doirasida Xayen universiteti va O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti o‘rtasida imzolangan shartnoma asosida xorijda o‘qishini davom ettirmoqda.
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Roman-german filologiyasi fakulteti Ispan tili nazariy fanlar kafedrasi va Ispaniyaning Xayen universiteti o‘rtasidagi hamkorlik doirasida amalga oshirilayotgan 2023–2027 yillarga mo‘ljallangan Erasmus+ KA171 dasturi doirasida e’lon qilingan tanlovda g‘olib bo‘lgan 4-bosqich talabasi Maftuna Farmonkulova 2024 yilning 8-sentabr kuni Ispaniyaning Xayen universitetiga bir semestr davomida o‘qish uchun ikki tomonlama hamkorlik asosida jo‘nab ketdi.
Hozirda Farmonkulova M. nufuzli xorijiy universitetda o‘qishni davom ettirib, o‘z bilim va malakalarini oshirmoqda. Talaba tomonidan tayyorlangan quyidagi videorolikda Xayen universiteti va o‘zining talabalik hayoti haqida qisqacha ma’lumot berilgan.