Joriy yilning 10-noyabr kuni Oʻzbekiston Davlat jahon tillari universitetining rektori tashabbusi bilan "Rektor va iqtidorli talabalar uchrashuvi" o'tkazildi. 

Uchrashuvda I.Tuxtasinov – O‘zDJTU rektori universitet rahbaryati   hamda fakultet iqtidorli talabalar ishtirok etishdi. Bundan tashqari tarjimonlik fakulteti Ingliz tili amaliy tarjima kafedrasi dotsenti, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori Axmedova Anorxon Nasivali qizining – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Islom Karimov va Navoiy nomidagi Davlat stipendiyalari hamda universitetdagi mavjud stipendiyalar to‘g‘risida ma`ruza qilindi.

Uchrashuv davomida iqtidorli talabalar uchun yaratilgan tanlovlar, imkoniyatlar,  grant dasturlari va nomdor stipendiyalar haqidagi barcha kerakli ma'lumotlar tushuntirildi va har-bir iqtidorli talabalarni qiziqtirgan savollarga javob berilib hamda muammolarga atroflicha yechimlarini koʻrsatildi. Bundan tashqari "Yoshlar Akademiyasi"ning faoliyati, maqsad va vazifalari haqida tushuncha berildi.

Bu uchrashuv orqali iqtidorli talabalar bilan koʻrishib, ularning savollariga toʻliq javob bergan holatda fikrlarini eshitish maqsadida tashkil qilindi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube