O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Xalqaro jurnalistika fakultetida Workout Zone – sport maydonchasi tashkil etilmoqda.
Endilikda talabalar va professor-o‘qituvchilar ochiq havoda, qulay va zamonaviy sharoitda sport bilan shug‘ullanish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.
Bu nafaqat sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, balki jismoniy faollik orqali ruhiy tetiklikni ham ta’minlash uchun ajoyib imkoniyat boʻldi.