Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Xitoyning Sian shahrida oʻtayotgan “Study in Uzbekistan” xalqaro taʼlim koʻrgazmasida faol ishtirok etmoqda.

Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Xitoyning Sian shahrida oʻtayotgan “Study in Uzbekistan” xalqaro taʼlim koʻrgazmasida faol ishtirok etmoqda.

Nufuzli xalqaro forum doirasida tashkil etilgan mazkur koʻrgazmada universitetning ilmiy salohiyati, zamonaviy taʼlim dasturlari hamda xorijiy talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar xalqaro hamkorlarga taqdim etilmoqda.

Shuningdek, tadbir davomida Xitoy oliy taʼlim muassasalari va xalqaro tashkilotlar vakillari bilan B2B uchrashuvlari oʻtkazilib, xitoylik yoshlarni universitetga jalb qilish bo‘yicha hamkorlik masalalari muhokama qilinmoqda.

Mazkur koʻrgazma Oʻzbekiston oliy taʼlim tizimining xalqaro nufuzini oshirish hamda mamlakatimizni mintaqadagi muhim taʼlim markazlaridan biri sifatida targʻib qilishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube