O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Ochiq eshiklar kuni” bo‘lib o‘tdi
2-may kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirda Sirdaryo viloyati Guliston shahridagi Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi bitiruvchilari, shuningdek, Toshkent shahrining Chilonzor tumani 164-sonli, Uchtepa tumani 283-sonli, Sergeli tumani 104-sonli hamda Shayxontohur tumani 299-sonli maktablarining bitiruvchi o‘quvchilari ishtirok etdilar.
Tadbirning rasmiy qismini universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov ochib berdi. O‘z nutqida u Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoev rahbarligida xotin-qizlar va yoshlar uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar haqida so‘z yuritdi. Jumladan, davlatimiz tomonidan millat genofondini mustahkamlash, ayollarning jamiyatdagi o‘rnini oshirish hamda ularning har tomonlama rivojlanishi uchun yaratilayotgan shart-sharoitlarning dolzarbligini alohida ta’kidlab o‘tdi. Shuningdek, xotin-qizlarning ta’lim olishi, kasbiy jihatdan o‘sishi va innovatsion sohalarda faol ishtirok etishi uchun mamlakatimizda zarur imkoniyatlar yaratilayotgani qayd etildi.
Tadbir davomida universitetning iqtidorli talabalari o‘z nutqlari bilan ishtirok etib, mehmonlarda katta taassurot qoldirishdi.
Tadbir yakunida rektor Ilxomjon Tuxtasinov maktab bitiruvchilari va ularning ustozlarini universitet bo‘ylab ekskursiyaga taklif etdi.