Joriy yilning 21-sentabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Roman-german filologiyasi fakulteti Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan muovini Z.P.Achilova hamda nemis tili amaliy fanlar kefedrasi katta o’qituvchisi, kafedraning xotin-qizlar kengashi rahbari N. Nazarova tomonidan 6-talabalar turar joyida "Qo'li gul qizlar" nomli to'garak o'z ish faoliyatini boshladi.


Dastlabki dars to’garak raxbari N. Nazarovaning master klass darsi bilan boshlandi, unda qizlar olib kelingan buyumlardan turli xil ro'zg'or buyumlarini va chiroyli gul bezaklarini yasashni mashq qildilar.


  To'garak ishi oxirida talaba qizlar o’rtasida qo’l mexnatiga oid savol –javoblar o'tkazildi. Talaba qizlarga tikish-bichish, chiroyli uy jixozlati yasah haqida kerakli ma’lumotlar berib o’tildi hamda to'garak ish rejasi bilan tanishtirildi. Chiroyli suxbat va qiziqarli malumotlarga boy bo’lgan to'garakning birinchi darsi o'z nihoyasiga etdi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube