9-avgust kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining xodimlari uchun umumiy yig‘ilish tashkil etildi.

Yig‘ilish kun tartibidagi asosiy masala O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 1-avgustdagi 03/23-2156-sonli ko‘rsatmasi talablari ijrosini o‘z vaqtida va sifatli ta’minlash etib belgilandi.

Mazkur kun tartibidagi masala yuzasidan umumiy yig‘ilish raisi, universitet Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektori  V.Sadiev so‘zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 5-iyundagi PQ-210-sonli qarori talablaridan kelib chiqib, manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solish va aniqlashda ishtirok etadigan xodimlarga ishonib topshirilgan yoxud ularga kasbiy, xizmat yoki mehnat majburiyatlarini bajarishi munosabati bilan ma’lum bo‘lib qolgan shaxslarning shaxsga doir ma’lumotlarini oshkor etishga yo‘l qo‘yilmasligi yuzasidan mas’ul xodimlarni ogohlantirish ishlarini amalga oshirilishini ta’minlash bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalarni berib o‘tdi.

Shuningdek, ushbu masala yuzasidan umumiy yig‘ilish kotibi Korrupsiyaga qarshi kurashish «Kompleans - nazorat» tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i B.Xashimov yig‘ilish qatnashchilariga O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 1-avgustdagi 03/23-2156-sonli ko‘rsatmasi talablarini o‘qib berdi hamda korrupsion holatlarga har qanday holda yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha tushunchalar berib o‘tdi.

Bundan tashqari yig‘ilishda universitetning 2023 yil 05 avgust kunidagi 223-sonli buyrug‘iga asosan tasdiqlangan "Universitet xodimlari(talabalari)ning shaxsiy ma’lumotlarini qayta ishlash va ulardan foydalanish to‘g‘risida" gi Nizomi bo‘yicha qisqacha ma’lumot berilib, tanishib chiqish taklifi berildi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube