2024-yil 26-avgust kuni joriy o‘quv yilida bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari hamda magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha O‘zDJTUda tahsil olish istagini bildirgan 96 nafar xorijiy fuqaro bilan onlayn suhbat tashkil etildi.
Tadbirni O‘zDJTU rektori Ilxomjon Madaminovich ochib berdi. shuningdek suhbat jarayonida Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor A. Nasirov ham ishtirok etib, talabgorlarni suhbatdan o‘tkazdi.
Suhbat jarayonida abituriyentlar rus, o‘zbek va ingliz tillaridagi bilim va ko‘nikmalarini namoyish etdilar. Ular Maxsus komissiya a’zolariga qobiliyatli va layoqatli ekanliklarini ko‘rsatish imkoniga ega bo‘ldilar.