Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida bugungi kunda 24 mingdan ortiq talaba tahsil oladi. Ularni turar-joyga boʻlgan ehtiyojini qondirish hamda Oʻzbekiston respublikasi vazirlar mahkamasining 2021-yil 9-sentabrda 563-sonli qarorining ijrosini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti “QATORTOL SAVDO” MCHJ bilan shartnoma imzolagan. Shartnomaga muvofiq 2022-yil sentyabr oyida Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti talabalari uchun “QATORTOL SAVDO” MCHJ tomonidan 7- sonli 515 oʻrinli talabalar turar-joy majmuasi qurib foydalanishga topshirilgan. Hozirda 500 nafardan ortiq talaba shu majmuada istiqomat qilmoqda.
“Milliy tiklanish” gazetasining 2024-yil 6 -sonida “Talabalarga ham kun chiqar...” sarlavhasi ostida maqola eʼlon qilindi. Unda OʻzDJTU 7- sonli talabalar turar joyida issiqlik tizimida muammolar borligi, issiq suv bosimining pasligi haqida soʻz boradi.
Mazkur holatni oʻrganish maqsadida OʻzDJTUda ishchi guruh tuzilib, vaziyat oʻrganildi. Maʼlum boʻldiki, haroratning pasayganligi bois Chilonzor tumanida gaz bosimi tushib ketgan. Shuningdek, “QATORTOL SAVDO” MCHJ tomonidan qurib foydalanishga topshirilgan TTJ binosiga gaz yetkazib berish uchun oʻrnatilgan gaz trubalari meʼyordan kichikdir. Bu trubalarning gaz oʻtkazish hajmi gazga boʻlgan ehtiyojni qondirib bera olmaydi.
Ammo, hozirda bu trubalarni almashtirishning imkoni yoʻq. Boisi, trubalar almashtirilishi uchun butun bino, bozor hududini gazdan uzib qoʻyishga sabab boʻladi. Bu esa koʻpchilik aholining haqli eʼtiroziga olib keladi. Shu bois kunlar isishi bilan trubalar zarur hajmdagisiga almashtirilishini maʼlum qilamiz.