Ma’lumki, yaqin kunlarda yangi 2024-2025 oʻquv yili boshlanish arafasida. 

Shu monsabat bilan 31-avgust kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti ishchi xodimlarining 1-4 sinf farzandlariga papka va oʻquv qurollaridan iborat maktab sovgʻalari topshirildi. 

OʻzDJTU rahbariyati va Kasaba uyushmasi tomonidan amalga oshirilgan mazkur tadbir davomida oliygoh rektori Ilxomjon Tuxtasinov,  Kasaba uyushmasi qo'mitasi raisi D.Matyoqubov, universitet ishchi-xodimlari, ularning farzandlari va boshqa mas’ullar ishtirok etdi. 

Rektor sovgʻalarni egalariga topshirar ekan, bolalarni yangi oʻquv yili bilan tabrikladi, ularga oʻqishlarida zafar va omadlar tiladi va yaxshi ta’lim olib, kelajakda Oʻzbekistonni butun dunyoga tanitadigan avlod boʻlish zarurligini ta’kidladi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube