O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Fransiyaning Lion 2 universiteti qoshidagi fransuz tadqiqotlari xalqaro markazi direktori va Stendal universitetining fransuz tili bo‘yicha markazi direktori o‘rinbosari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

 

Unda Fransiya OTMlari talabalarining O‘zDJTUda amaliyotini o`tashi,  Fransiya OTMlaridan 1 yoki 2 semestr davomida dars olib borish uchun professor-o‘qituvchilarni jalb etish, talabalarni amaliyot o‘tash uchun yuborish masalalari muhokama qilindi.

 

Shuningdek, uchrashuvda “Yevropa Ittifoqi Erasmus+” dasturi loyihasi yuzasidan takliflar ishlab chiqish hamda birgalikda ilmiy-amaliy loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish rejalari muhokama qilindi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube