Xitoyning Pekin chet tillar universiteti vakillaridan iborat delegatsiyasi 15-avgust kuni O‘zDJTUga tashrif buyurdi.
Delegatsiya a’zolari Rus tili instituti direktor o‘rinbosari Sun Ley, Tashkiliy bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari Fen Gan, Jurnalistika va kommunikatsiya xalqaro instituti aspirant Be Minvey Jurnalistika va kommunikatsiya xalqaro instituti magistri Gen Syuesya, Rus tili instituti magistri Men Szisi, Rus tili instituti magistri Chjen Binchen, Rus tili instituti magistri Shi Ijan, Van Yuanszyan Rus tili instituti magistri, Xastir Alxa Rus tili instituti magistri, Rus tili instituti magistri Jen Szii, Syuy Syuefu Rus tili instituti bakalavri, Rus tili instituti bakalavri Syuy Szyanin, Rus tili instituti bakalavri Sin Sinyuylardan iborat bo‘ldi.
Tashrif avvali O‘zDJTU rahbariyati vakillari tomonidan mehmonlarni kutib olish bilan boshlanadi. Mehmonlar universitet kampusi oshxona, sport majmuasi, tarjimonlik fakulteti, ARM bilan tanishtirildi. Shundan so‘ng, ikki tomon o‘rtasida uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda O‘zDJTU tomonidan rektor I. Tuxtasinov, Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i X. Yuldashev, Sharq filologiyasi fakulteti dekani D. Djurayev, Xitoy filologiyasi kafedrasi mudiri Sh. Xakimovalar ishtirok etdi.
Yig‘ilish avvalida rektor I. Tuxtasinov O‘zDJTU faoliyati hamda xitoy tili o‘qitilishi haqidagi hamda Sun Ley xonimning ma’lumoti tinglandi.
O‘zaro hamkorlik masalalariga bag‘ishlangan uchrashuvda Xitoy va rus tillari hamda jurnalistika sohasida hamkorlik, o‘qituvchilar malakasini oshirish, talabalar almashinuvi, Pekin chet tillar universiteti, Rus tili instituti talabalarining O‘zDJTU Rus filologiyasi fakultetida stajirovka o‘tashi va amaliyot o‘tashlarini tashkil qilish, Pekin chet tillar universiteti talabalari uchun yozgi lagerlar tashkil qilish, Xitoy va rus tillari bo‘yicha darslik va o‘quv qo‘llanmalar almashinuvi, yangi darsliklar yaratish, Pekin chet tillar universitetida o‘zbek tilini o‘qitishni yo‘lga qo‘yish va tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar muhokama qilindi.
Uchrashuv so‘ngida ikki tomon esdalik sovg‘alarini ulashdi. Shu bilan birga Sharq filologiyasi fakultetida mehmonlar bilan talaba va o‘qituvchilar o‘rtasida uchrashuv tashkil etildi.