Biz haqimizda umumiy ma’lumot.

Kelajak yetakchilari uchun mo‘ljallangan nufuzli Qo‘shma Ta’lim Dasturimiz bilan ikki xalqaro diplomga ega bo‘ling va global sahnaga chiqing.

Ariza topshirish

Xalqaro qo‘shma dasturlar va bitiruvchilar muvaffaqiyati.

Biz xalqaro qo‘shma dasturlar orqali bakalavriat, magistratura va doktorantura bosqichlarida talabalarni global muhitda muvaffaqiyatga tayyorlaymiz. Bitiruvchilar zamonaviy bozor talablariga mos, raqobatbardosh va yetakchi mutaxassislar bo‘lib yetishadi. Dasturimiz xalqaro talab asosida  tajribali ustozlar, fidokor jamoa va ikki universitet o‘rtasidagi samarali hamkorlikka asoslanib, sizga hayotingizni o‘zgartiruvchi noyob ta’lim tajribasini taqdim etadi.

Ariza topshirish

Qo‘shma Ta’lim Dasturidagi imkoniyatlar.

  • Ikki nufuzli universitet diplomi
  • Xalqaro darajadagi ta’lim va tajriba
  • Yetuk xorijiy professorlar bilan o‘qish
  • Global mehnat bozorida raqobatbardoshlik
  • Shaxsiy rivoj va professional o‘sish imkoniyati

Ariza topshirish

Hamkor universitetlar (2024–2025 o‘quv yili)

Bakalavriat yo‘nalishlari:

Filologiya va tillarni o‘qitish (ingliz tili) ( 3+1)
Moskva Davlat Lingvistika Universiteti (Rossiya)( https://www.linguanet.ru/ )
Ariza topshirish

Tarjima nazariyasi va amaliyoti (ingliz tili) ( 2+2)
Minsk Davlat Lingvistika Universiteti (Belarus)https://www.mslu.by/ )
Ariza topshirish

Filologiya va tillarni o‘qitish (xitoy tili) ) ( 2+2)
Dalian Politexnika Universiteti (Xitoy) (https://en.dlut.edu.cn/ )
Ariza topshirish

Magistratura yo‘nalishlari:

Qiyosiy tilshunoslik, lingvistik tarjimashunoslik (ingliz va rus tillari) ) ( 1+1)
Minsk Davlat Lingvistika Universiteti (Belarus) ( https://www.mslu.by/ )
Ariza topshirish

Kutilayotgan hamkorlar:

Yevropa universitetlari (Buyuk Britaniya, Germaniya, Ispaniya, Italiya)
Osiyo universitetlari (Singapur, Yaponiya, Janubiy Koreya)

Dastur qanday ishlaydi?

Talabalar 4 yil davomida ikki mamlakatda o‘qish (2+2, 3+1 yoki 1+1 formatlar)
Darslar ikki universitetning akademik standartlari asosida olib boriladi
Bitiruvchilar quyidagilarga ega bo‘ladilar:
- Ikki mamlakatdan ikkita bakalavr diplomi
- Magistratura bosqichida ikkita diplom (2 yil davomida)
- PhD bosqichida esa ikkita ilmiy malaka

Dastur afzalliklari

Xalqaro akkreditatsiyalangan o‘quv rejalari
Taniqli professorlar va xalqaro darajadagi o‘qituvchilar
Diplomlar ko‘plab mamlakatlarda tan olinadi
Global tadqiqot va keng karyera istiqbollari
Ko‘p madaniyatli, ko‘p tilli professional tajriba

Dasturga ariza topshirish

 

Qanday qilib NSK 4 bilan O‘zDJTUda Double Degree Program’ga o‘qishga kirish mumkin

Double Degree Program — bu bir vaqtning o‘zida ikki diplomga ega bo‘lish imkoniyati: biri — o‘zbek oliygohidan, ikkinchisi — xorijdagi (Yevropa, Osiyo yoki Amerika) universitetdan.

Agar sizda HSK 4 bo‘lsa, siz allaqachon muhim qadamni qo‘ygan bo‘lasiz va siz O‘zDJTU hamda Dalyan Texnologiya Universitetining talabasi bo‘lishingiz mumkin.

Double Degree Program’ga kirish uchun sizga quyidagilar kerak bo‘ladi:

  • Pasport

  • O‘rta maxsus ta’lim diplomi yoki attestat

  • HSK 4 sertifikati

  • CV va portfel (ijtimoiy loyihalar, faxriy yorliqlar va boshqalar)

  • Ariza (odatda universitet sayti yoki “Gosuslugi. Pоступление” orqali)

  • Universitetning qabul komissiyasi bilan bog‘laning

Veb-sayt: UzSWLU.Uz
Ariza topshirish havolasi: https://t.me/qoshmatalimmdasturi
Email: double_degree_program_USWLU
Manzil: Kichik xalqa yo‘li, Uchtepa tumani, 21G 9A

Telefon: +998 71 230 13 73

Muvaffaqiyat uchun maslahatlar:

  • Xitoy tili — bu kalit! Oldindan uni mustahkamlang, darajangizni bilish uchun bepul placement testdan o‘ting.

  • Portfelingizni to‘plang: har qanday faxriy yorliq, loyihada ishtirok, keys-chempionatlar — barchasi asqatadi.

  • Motivatsion xat yozing — sizni nafaqat bilim, balki intilishingiz tufayli ham tanlashlari kerak

 

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube